Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan toʻlanadigan dividendlarni qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi orqali oʻtkazish amaliyoti joriy qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.
Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan Oʻzbekistonning kapital bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar savdo natijalari boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar (qimmatli qogʻozlarda va pul mablagʻlarida) bitta tashkilot doirasida amalga oshiriladi, investorlar uchun sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, xorijiy markaziy depozitariylar va xalqaro hisob-kitob depozitariylari bilan Oʻzbekistonning kapital bozori ishtirokchilarining hisob-kitob operatsiyalari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, loyiha bilan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan toʻlanadigan dividendlarni qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi orqali oʻtkazish amaliyoti joriy qilinadi, aksiyadorlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinadi, kapital bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar savdo natijalari boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari xatari minimallashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring