AKT orqali oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq oʻgʻrilik jinoyatlariga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi — Qonun loyihasi
Illyustrativ foto
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqilmoqda.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq oʻgʻrilik jinoyatlarini sodir etganlarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Yaʼni axborot texnologiyalaridan yoki elektron toʻlov vositasi yohud masofaviy xizmat koʻrsatish tizimidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati uchun javobgarlikni Jinoyat kodeksi 168-moddasining uchinchi qismiga ogʻirlashtiruvchi holat sifatida kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi bilan axborot tizimiga ruxsatsiz kirib yoki elektron toʻlov vositasi yohud masofaviy xizmat koʻrsatish tizimidan foydalanib sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati uchun javobgarlikni Jinoyat kodeksi 169-moddasining uchinchi qismiga ogʻirlashtiruvchi holat sifatida kiritish belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning elektron pul mablagʻlarini yashirish ravishda talon-toroj qilishning oldini olishga, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda aniq norma belgilanishiga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring