Akademik litseylarga kirish test sinovlari 22-avgustdan boshlanadi
Foto: Arxiv surat
Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda oʻtkaziladi.
Test sinovlari bir smenada oʻtkazilib, soat 8:00 boshlanadi.
Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:
— litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
— yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.
Test sinovlari taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 146 ball boʻlib, taʼlim yoʻnalishiga mos fanlar boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash boʻyicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring