Akademik eshkak eshishdan boksgacha: Olimpiadaning oltinchi kunida qaysi sportchilarimiz ishtirok etadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Olimpiadaning oltinchi kunida 3 ta sport turi boʻyicha 7 nafar sportchimiz oʻz ishtiroklarini davom ettiradi.
Kunni doimgidek akademik eshkak eshish bahslarida ishtirok etayotgan Anna Prakaten 12:30 larda boshlab beradi. Sportchimiz yaxshi natija koʻrsata olsa, medallarga ega chiqishi mumkin.
Dzyudo bahslarining beshinchi kuni garchi bizga omadsiz kelgan boʻlsa-da, bugun ishtirok etadigan sportchilarimizdan umid katta. Xususan, soat 13:00 dan keyin tatamiga -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek Toʻraboyev Qozogʻistonning mashhur polvoni Sharhanga qarshi, -78 kg vaznda Irisxon Qurbonboyeva esa Yaponiya vakilasi, jahon dzyudo yulduzi, Takayamaga qarshi chiqadi.
Boks bahslari esa biz uchun juda ahamiyatli. Xususan, 15.50 da boshlanadigan -63,5 kg vaznda Ruslan Abdullayev va Martines Ramires (Meksika), shuningdek, 00:50 dan keyin start oladigan Lazizbek Mullajonov (-92 kg) hamda Aziz Abbes Mohiddin (Italiya) bahsidagi gʻalabalar mamlakatimizga eng kamida bronza medalini olib kelishi mumkin.
Shuningdek, ayollar oʻrtasidagi boksda ham qizlarimiz oʻz ishtirokini boshlaydi. Soat taxminan 14:15 da boshlanishi kutilayotgan -50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova tailandlik Chutamat Raksatga, 19:50 da esa -66 kg vaznda Navbahor Hamidova Morelle Makkeyn (AQSH)ga qarshi ringga chiqadi.
“Xalq soʻzi” sportchilarimizga omad tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring