“U-gaz” tizimini joriy etmagan “zapravka”lar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi
Illyustrativ foto
Respublika boʻylab gaz tarqatish ustunlarida maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi tizimni joriy etmagan AGTKSHlar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.
Bugungi kunda tabiiy gazni AGTKSH orqali sotishni toʻliq raqamlashtirish, noqonuniy foydalanish, baxtsiz hodisalarni oldini olish, tizimni onlayn ravishda kuzatib turish va boshqarish kabi ishlarni tartibga solish maqsadida “U-Gaz” tizimi joriy etilgan.
Tizim avtotransport vositalariga belgilangan normadan ortiq bosimda gaz toʻldirish va avtomobillarning koʻrik muddati oʻtgan boʻlsa, unga gaz quyishni taqiqlaydi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 442 ta AGTKSHning 424 tasida “U-Gaz” tizimi joriy etilgan va 742 tasida raqamlashtirish jarayoni ketmoqda.
Taʼkidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyulda “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 387-sonli qaroriga koʻra, AGTKSHlarda ushbu tizimni joriy etish 2025-yil 1-yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, 2024-2025-yillarda “zapravka”larda 276 ta holatda 591,5 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Shuningdek, AGTKSHlarda 11 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring