Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi

Foto: Arxiv surat
“Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023-y.) qabul qilindi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023-yil 1-sentyabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024-yildan amaliyotga toʻliq joriy etiladi.
Farmonga koʻra, quyidagilar joriy etiladi:
— ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vakolati maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi;
— ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining oʻzida yakunlash tartibi belgilanadi.
Ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni koʻpaytiriladi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida oʻtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring