Ayrim huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolati chegara qoʻshinlariga berilmoqda
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senatorlar kun tartibidagi yana bir masala – “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunni muhokama qildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi K. Burxonov qayd etganidek, Qonun amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni keltirib chiqarayotgan qonunchilikdagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 22721 va 22723-moddalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, chegara qoʻshinlariga ushbu moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni, huquqbuzarlik transport vositalaridan foydalanib sodir etilganida mazkur transport vositalarini ushlab turish vakolati berilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 224 va 2241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni (chegara zonasiga, shuningdek, fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish, ularda yashash qoidalarini buzish hamda davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish) koʻrib chiqish vakolati chegara qoʻshinlariga berilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi fuqarolar ortiqcha vaqt sarflashining oldini olinishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring