AI-92 markali benzin narxi arzonlashdi
Illyustrativ foto
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan AI-92 markali benzin narxi arzonlashtirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlangʻich narxi birinchi bosqichda 12 million 881 ming soʻmdan 12 million 628 ming soʻmga tushirildi. Bu esa oʻz navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlangʻich narxi 9 400 soʻm degani.
“«Oʻzbekneftgaz” ichki bozorni rivojlantirish va isteʼmolchilar manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuqori oktanli yoqilgʻi narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlarini davom ettiradi», deyiladi kompaniya xabarida.
Bu harakatlar prezidentning aholini arzon va sifatli yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida, benzin ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish evaziga narx kamaytirildi.
Avvalroq kompaniya joriy yilning sentyabr oyidan AI-80 benzini ishlab chiqarishni toʻliq toʻxtatmoqchiligi toʻgʻrisida xabar qilingandi. 2026-yildan faqat yuqori oktanli avtobenzin sotuviga oʻtish reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring