AI-80 markali benzin tobora arzonlashmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlangʻich narxlari shakllanilishi yuzasidan oʻtkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi baʼzi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 soʻmdan 6 500 soʻmga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi.
Birja savdolarida joriy yil 10-14-yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021-yil 15-19-noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan oʻrtacha 9,6 mln soʻmdan 6,7 mln soʻmgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi.
Koʻrilayotgan choralar oʻz navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy taʼsir etdi va AYOQSHlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 soʻmgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring