Aholi uchun elektr narxi ham oshadimi?
“Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlashimiz kerak. Yaʼni narx oshsayu, lekin yana elektrda uzilish boʻlaversa, aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz.
Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni taʼminlay olsakgina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qilish boʻyicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha xolos.
Tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan koʻp elektr isteʼmol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, koʻplab maishiy texnikalari bor xonadonlar, yaʼni nisbiy olganda boy va oʻziga toʻq xonadonlar uchun narx oshadi, degani. Hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kW•soatdan ortiq elektr energiyasini isteʼmol qiladi. 75 foiz aholining isteʼmoli esa 200 kW•soatdan oshmaydi”, — dedi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring