Aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.
2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Fargʻona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sigʻimi 100 tonnadan kam boʻlmagan muzlatkichli sigʻimlar, urugʻlik, koʻchat, kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.
Bundan tashqari, yer maydonlari egalari onlayn maslahat hamda maʼlumot olish, moliyaviy xizmatlar boʻyicha yagona xizmat koʻrsatish va monitoring qilish platformasi ishga turilishi maʼlum qilingan.
Platformada yetishtirilayotgan mahsulotning 70 foizigacha miqdorida imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring