Aholi eng koʻp murojaat qiladigan vazirliklarda xizmat koʻrsatish elektron shaklga oʻtkazilmagani qayd etildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Aholi eng koʻp murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, «Oʻzstandart»da 29 ta, sogʻliqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga oʻtkazilmagani qayd etildi.
Misol uchun, ishga yoki oʻqishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak boʻladigan «086-shakl» tibbiy maʼlumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur.
Yerlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Ammo kommunal sohadagi maʼlumotlar raqamlashmagani bois, keyingi bosqichlar baribir «qoʻlda» qilinmoqda.
Yoki yiliga 300 mingdan ziyod xaridor yangi mashina sotib oladi. Lekin, roʻyxatdan oʻtish va davlat raqami olish uchun haligacha yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga borish zarur.
Prezidentimiz qolgan vazirliklarda ham raqamlashtirish boʻyicha hali xalqimizni rozi qiladigan tizim toʻliq yaratilmaganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring