Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi

14:23 12 Aprel 2019 Jamiyat
2801 0

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi Online” manbalari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 aprelda imzolgana qaroriga muvofiq, Ahadbek Yahyobekovich Haydarov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimini egallagan. Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Maʼlumot uchun, Ahadbek Haydarov bungacha moliya vazirining oʻrinbosari sifatida ham ishlab, ijtimoiy soha, ilm-fan, boshqaruv organlarini moliyalashtirish masalalarini va Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi faoliyatini nazorat qilgan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi boʻlib ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер