“AgroWorld Uzbekistan — 2025”: ilg‘or uskuna va texnologiyalar namoyishi
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “AgroWorld Uzbekistan — 2025” yigirmanchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tomonidan mahalliy hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan 130 dan ortiq kompaniyalar qatnashayotir.
Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, ko‘rgazma ishtirokchilari qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, chorva mollari hamda parrandalarni ko‘paytirishdan tortib, yig‘im-terim, qayta ishlash va saqlashgacha bo‘lgan jarayondagi asbob-uskunalar hamda texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aytish joizki, bu yilgi ko‘rgazmada Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) ilk bor ishtirok etayotgani e’tiborga loyiqdir. Ushbu kompaniya agrosanoat sektori uchun innovatsion yechimlarni taklif etuvchi 13 ta yetakchi yapon kompaniyasining imkoniyatlari hamda manfaatlarini namoyon etadi.
Bundan tashqari, Ispaniyaning “Agricola” korxonasi esa mevalarni saralash va qayta ishlash, Italiyaning “ROTA GUIDO” kompaniyasi esa tayyor chorvachilik fermalarini qurish uskunalarini havola qilishyapti.
An’anaga muvofiq, tadbir doirasi, ya’ni bugun Fermerlar kuni o‘tkaziladi. Unda ko‘rgazma ishtirokchilari fermer hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, bosh mutaxassislar bilan uchrashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring