Agrar sohada «Assalom Agro» platformasi ishga tushirildi

Maʼlumki, bugun eksport salohiyatini oshirish, xorij bozorlari uchun yuklanayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining sifat darajasini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, xalqaro talablarga mos keladigan toza va sifatli bogʻlar haqida maʼlumot yoʻqligi, mahsulotni saralash va qadoqlash, kalibrlash, kutilayotgan ob-havoni oldindan bilmaslik va hosilni saqlab qolish chora-tadbirlariga tayyorlanmaslik eksportbop mahsulotlar hajmi va sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ana shunday qator muammolarni oʻrganish va bartaraf etish maqsadida «Assalom agro» platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platformaga jalb etilgan ishchi guruh bugungi kunda eksportyor tomonidan mahsulot xarid qilish, eksportdan avvalgi moliyalashtirish, mahsulotni taqsimlash va qadoqlash, shuningdek, qonunchilikdagi chegirma va imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazish kabi vazifalarni bajaradi.
Aksariyat hollarda qurgʻoqchil yoki sovuq ob-havo oqimi ekinlarga jiddiy zarar yetkazib, hosil hajmining keskin tushib ketishiga sabab boʻladi. «Assalom Agro» platformasida ishga tushirilgan ob-havoni oldindan prognoz qilish mexanizmi orqali dehqon va fermer xoʻjaliklariga hosilni saqlab qolish va noqulay havo taʼsirida oldindan koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar batafsil oʻrgatiladi. Shuningdek, elektron dala nazoratida zararlangan hududlar aniqlanib, ularni fitosanitar toza hududga aylantiriladi. Zararkunandalardan holi hududlar roʻyxati importyor davlatlarga doimiy ravishda yetkazilib, bu orqali eksport qilinuvchi sarxil oʻzbek meva-sabzavotlariga xaridor mamlakatlar sonining oshirilishiga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring