Agar tuman hokimi, hokim yordamchisi masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi — Prezident

17:34 18 Iyul 2022 Siyosat
538 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident dehqonchilik qilayotgan aholi takliflari asosida ular koʻtargan muammolar yechimlarini aytib oʻtdi. Jumladan:

— yil yakunigacha yana qoʻshimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga boʻlib beriladi (jami 100 ming gektar boʻladi);

— kelgusi yilda yana qoʻshimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar boʻladi).

«Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratilmoqda.

Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamchisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi», dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda:

— kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar oʻrnatish;

— 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.

Bunga joriy yilda 50 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va toʻlovlar 1 yilgacha saqlanib qoladi.

Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi.

Mahallalarga hosildor urugʻ, koʻchat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?