Afsonaviy futbolchi Diyego Maradona hayotdan koʻz yumdi

21:35 25 Noyabr 2020 Sport
1507 0

Futbol boʻyicha Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Diyego Maradona 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Klarin xabar bermoqda.

2-noyabr kuni Maradona La Plata shahridagi kasalxonaga yotqizilgan edi. Boshida sobiq futbolchining shifokori Leopoldo Luki kasalxonaga yotqizish shoshilinch emasligini va Maradona tibbiy koʻrikdan oʻtishini maʼlum qilgan. Tekshiruv davomida unda subdural gematoma borligi aniqlangan.

Ertasi kuni Maradona boshqa kasalxonaga koʻchirildi. U yerda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ammo maʼlum vaqt kasalxonaga qolishga majbur boʻlgan va 12-noyabr kuni kasalxonadan chiqarilgan edi. Taʼkidlanishicha, chorshanba kuni Maradonaning yuragi urishdan toʻxtagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?