Afrika hukumati kiberjinoyatchilardan 800 ming AQSH dollari musodara qildi
Foto: Illustrativ foto
Afrikada 27 mamlakat huquq tartibot organlari ishtirok etgan kiberjinoyatlarga qarshi operatsiya doirasida asosiy 11 nafar kiberjinoyatchilar qoʻlga olinib, 800 ming AQSH dollari musodara qilingan.
Joriy yilning iyul oyidan noyabrgacha davom etgan ushbu operatsiya davomida quyidagi natijalarga erishildi:
— Eritreyadagi xakerlarni turli qurilmalar va dasturiy bilan taʼminlab turuvchi “DarkNet” bozori yopildi;
— Kamerunda 8 million Afrika franki miqdorida zarar keltirgan kripto-aktivlar bilan bogʻliq kiberjinoyatlar ochildi;
— Tanzaniyada jabrlanuvchi fuqarolarga 150.000 AQSH dollardan ortiq mablagʻ qaytarib berildi;
— Afrika mintaqasida kiberjinoyatlar sodir etishda hissa qoʻshgan 200 mingdan ortiq infratuzilmalariga chora kurilda (kiberromantik, feyk xabarlar, bank kartasi va shaxsiy maʼlumotlar bilan bogʻliq jinoyatlar shular jumlasidan).
Operatsiyada axborot xavfsizligini taʼminlovchi bir qancha shaxsiy kompaniyalar ham ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring