Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekistonning 10 hududida sezildi
Illyustrativ foto
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekistonning 10 ta hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 19-dekabr kuni soat 10:39 da qayd etilgan. Yer silkinishining koordinatalari 36,31 gradus shimoliy kenglik, 69,28 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 105 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 6 ga teng. Zilzila epitsentri Taxor, Afgʻoniston, Toshkentdan 551 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 206 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 417 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 423 km;
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 441 km;
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 467 km;
- Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 502 km;
- Navoiy viloyatida 2-3 ball, 542 km;
- Toshkent shahrida 2-3 ball, 550 km;
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 561 km;
- Andijon viloyatida 2-3 ball, 564 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring