Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 7-oktyabr kuni soat 16:35 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 37,4 gradus shimoliy kenglik va 69,93 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 30 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 5,2 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 434 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Shoʻrchi tumanida 2 ball, 192 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 199 km.
- Denov tumanida 2 ball, 204 km.
- Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 211 km.
- Sariosiyo tumanida 2 ball, 211 km.
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 212 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring