Afgʻonistonda ayrim toifadagi fuqarolarga pasport berish taqiqlandi
Foto: Getty Images
Afgʻoniston hukumati pasport olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar roʻyxatini kengaytirdi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.
Yangi tartibga koʻra, sudlanganlar, vasiylarsiz qolgan bolalar, shuningdek, qarz yoki boshqa majburiyatlari mavjud shaxslar pasport ololmaydi va chet elga chiqishi taqiqlanadi.
Biometrik tizim va maʼlumotlar bazasi orqali chiqishi taqiqlangan shaxslar aniqlanganda, ularga avtomatik ravishda pasport berish rad etiladi.
Avvalroq barcha afgʻon fuqarolari pasport olish huquqiga ega edi. Cheklovlar faqat ayrim jinoyat ishlarida qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistonda milliy shaxsni tasdiqlovchi hujjat “tazkira” hisoblanadi va aholining asosiy qismi undan foydalanadi. Pasport esa faqat chet elga chiqish uchun zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring