Afgʻoniston poytaxtida Oʻzbekiston qurilish materiallari uchun maxsus savdo uyi ochiladi
Savdo-sanoat palatasi xabariga koʻra, Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida Oʻzbekistonning qurilish materiallari uchun maxsus savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu majmuada 570 kvadrat metr maydondagi shourum va 500 kvadrat metr hajmdagi omborxona tadbirkorlarning mahsulotlarini saqlash hamda namoyish qilishiga moʻljallangan.
Bunda tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirishi va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Taʼkidlash joiz, avvalroq Mozori-Sharif shahrida 220 kvadrat metr maydonga ega savdo uyida farmatsevtika va elektrotexnika mahsulotlari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum hamda omborxona tashkil etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring