Afgʻoniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi

20:39 16 Avgust 2021 Dunyo
1617 0

Foto: Reuters

Afgʻoniston Milliy maxsus kuchlari korpusi rasman tarqatib yuborilgan. Bu haqda “Interfaks” boʻlinma matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

“Soʻnggi daqiqalarga qadar maxsus kuchlar hech qanday beparvolik koʻrsatmadi va hukumat va afgʻon xalqining hayoti, mol-mulkini saqlab qolish uchun zarur deb bilgan hamma narsani qildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер