Afgʻon xalqi yaxshi qoʻshnichilik yordamimizga har qachongidan ham koʻproq muhtojdir — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish SHHTning eng ustuvor yoʻnalishlaridan boʻlib qolishi lozim.
«Shuni taʼkidlashni istardimki, afgʻon xalqi yaxshi qoʻshnichilik yordamimizga har qachongidan ham koʻproq muhtojdir. Biz oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz va Afgʻonistonni uning muammolari bilan yolgʻiz qoldirmasligimiz lozim.
Sanksiyalar siyosatining kuchaytirilishi va Afgʻonistonning hozirgi hukumati yanada yakkalanishi muqarrar ravishda mamlakat ichida radikallashuvning kuchayishiga olib keladi va uni terrorchilik tashkilotlari uchun plasdarmga aylantiradi.
Shu bois biz Afgʻoniston muvaqqat hukumati tomonidan ilgari qabul qilingan, shu jumladan, ayollar va bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishi boʻyicha Kobul bilan konstruktiv aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz», dedi Prezident.
Afgʻonistonni gumanitar qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus fondni mazkur mamlakatga chegaradosh boʻlgan Termiz shahrida – u yerdagi mavjud transport-logistika xabining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda taʼsis etish taklif qilindi.
Fond mablagʻlari ushbu mamlakatdagi ijtimoiy inqirozni bartaraf etish, yoshlar uchun taʼlim dasturlari va sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring