“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgni Toshkent va Samarqand bilan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar orqali bogʻlaydi

13:19 06 Dekabr 2022 Siyosat
584 0

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yoʻlovchi reysi 17-dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 2022-yil 16-dekabrdan 20-dekabrga koʻchirildi.

“Aeroflot — Rossiya havo yoʻllari” shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер