Advokatlar qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlamaydi — qonun loyihasi
Foto: Illustrativ foto
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisi chogʻida advokatlik tuzilmalarini qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchilariga aylantirishni koʻzda tutuvchi normaga qatʼiy eʼtiroz boʻldi.
Yaʼni, “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi bilan Soliq kodeksining 70-bobini (Advokatlar hayʼatlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari) chiqarib tashlash yoʻli orqali advokatlik tuzilmalarini QQS toʻlovchilariga aylantirish nazarda tutilgan.
Biroq, deputatlar fikricha, bu kabi omillar advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordamning qiymati oshirilishiga, fuqarolar va yuridik shaxslarning malakali yuridik koʻmak olish imkoniyati pasayishiga sabab boʻladi.

Uzoq davom etgan tortishuvlar, savol-javob va bahs-munozaralardan soʻng xalq vakillari taklifi bilan mazkur norma qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring