Adliya vazirligining LexAI sunʼiy intellektga ega chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi sunʼiy intellektga asoslangan LexAI — huquqiy savollarga javob topishga yordam beradigan chat-bot platformasi ishga tushirdi.
Mazkur chat-bot amaldagi 34 mingdan ortiq normativ tusdagi hujjatlar, shuningdek, 604 mlndan ortiq belgilardan iborat bilimlar bazasiga ega.
LexAI qonunchilik moddalariga havolalar taqdim etish, masalalarni tahlil qilish va aniqlashtirishlar taklif eta oladi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov mahsulotning yaratilishi “tarixiy voqea” ekanini taʼkidladi.
21-dekabr kuni oʻtkazilgan taqdimotda, adliya vaziri Akbar Toshqulov “Hozir kechqurun soat 18:15, biz hali ham ishdamiz. Bizning bu harakatimiz qonuniymi?”, deya botga savol berdi. Chat-bot Mehnat kodeksining 139-moddasiga havola qilib javob berib, keyingi masala sifatida ish vaqtidan tashqari bajarilgan mehnat uchun qanday kompensatsiya koʻzda tutilgani haqida oʻrganishni taklif etdi.
LexAI funksiyalari orasida quyidagilar bor:
- 24/7 huquqiy savollarga javob berish;
- ovozli soʻrovlar bilan ishlash;
- soʻrovlar tarixini saqlash;
- maʼlumotlar bazasini muntazam yangilab borish.
Tizimga oʻrnatilgan “Google Tarjimon” soʻrov va javoblarni istalgan tilga tarjima qilish imkoniyatini beradi, biroq bu tarjimalar rasmiy hisoblanmaydi.
Kelgusida platformaga shartnomalar, arizalar va boshqa hujjatlar shablonlarini avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqish uchun alohida konstruktor joriy etiladi.
Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan oʻtmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.
Ushbu bosqichda u ekspertlar va maxsus vaucher egalari tomonidan sinovdan oʻtkaziladi, ular platformadan 1-yanvargacha bepul foydalanishlari mumkin. Chunki tizimdagi har bir soʻrov pulli boʻladi va hozirda foydalanuvchilar uchun mavjud obuna variantlari ishlab chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring