Adliya vazirligining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi tayinlandi

10:46 21 Fevral 2020 Jamiyat
5051 0

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Shaxnoza Mirzaraximovna Soatova Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Sh.Soatova 1977-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – filolog.

Sh.Soatova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar vazirlikning Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Maʼlumot uchun: davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • vazirlikda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlarning ijrosini tashkil etadi;
  • maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini tanqidiy oʻrganadi, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
  • davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi;
  • maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • xodimlarga davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi hamda davlat tilini keng targʻib qilish va rivojlantirish choralarini koʻradi;
  • hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashda ishtirok etadi;
  • davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish boʻyicha takliflar kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?