Adliya vazirligi Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazida navbatlar bilan bogʻliq xabarga munosabat bildirdi
Ushbu xabarda keltirilgan masala yuzasidan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan quyidagicha munosabat bildiriladi:
Joriy yilning 17-oktabr kuni soat 16:09 da fuqaro R.Sh Yashnobod tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markaziga kadastr pasportini tayyorlash xizmatidan foydalanish uchun tashrif buyurgan va soat 17:15 da fuqaroga davlat xizmati koʻrsatilib ariza rasmiylashtirilgan va vakolatli organga elektron tarzda yuborilgan.
Ammo, ushbu vaqt oraligʻida fuqaro markaz xodimiga murojaat etib, navbatda koʻp turib qolganligidan eʼtiroz bildirgan, shu oʻrinda markaz xodimi fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 1-iyundagi 118-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini navbatsiz olish uchun ixtiyoriy pullik xizmat miqdori belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumot va tushuntirish bergan.
Ushbu tushuntirishlarga qaramay R.Sh tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda qolgan fuqarolar “4-5 soatdan beri kutmoqda, baʼzilar esa 2 kunlab qatnamoqda” deb yolgʻon maʼlumot tarqatilgan.
Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202-2-moddasiga koʻra yolgʻon axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring