Adliya vazirligi soxta xatlar haqida ogohlantirdi
Adliya vazirligi soʻnggi vaqtlarda tadbirkorlar va fuqarolardan elektron pochta orqali vazirlik nomidan yuborilayotgan turli mazmundagi xatlar boʻyicha murojaatlar kelib tushayotganini maʼlum qildi.
Adliya vazirligi bunday koʻrinish va mazmundagi xatlar vazirlikka tegishli emas va feyk xabarlar ekanini bildirdi.
Bildirilishicha, mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning maʼlumotlaringizni oʻgʻirlaydigan soxta saytlarga ham yoʻnaltirishi mumkin.
“Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring