Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga rahbar tayinlandi
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov Institut direktori lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, mazkur institut Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida tuzildi.
Yesemurat Kanyazov 1971-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, 1993-yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari instituti, 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, muhandis-quruvchi, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlari tizimida turli mas’ul rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring