Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi xodimlari uchun trening tashkil etildi
Joriy yilning 23-noyabr kuni BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Ozarbayjon davlat xizmatlarini koʻrsatish agentligining innovatsion rivojlantirish markazi (ASAN Innovative Development Center) malakali trenerlari ishtirokida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi xodimlari uchun maxsus trening tashkil etildi.
Treningdan kutilayotgan asosiy maqsad – “1148 Ishonch telefoni”ga masʼul xodimlari tomonidan fuqarolarning qoʻngʻiroqlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etishda, fuqarolar bilan munosabatlarni boshqarish, muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish samaradorligiga erishishdan iborat.
Trening davomida murojaatchida ilk taassurotni toʻgʻri shakllantirish, masalani diqqat bilan tinglash qobiliyati, toʻgʻri nutq, samimiyat, hurmat va salbiy hislardan holi boʻlgan ravishda faoliyatini olib borish, stressli vaziyatlarda qanday yoʻl tutish va negativ holatlarni oldini olish haqida, shuningdek Ozarbayjon davlat xizmatlari koʻrsatish tizimida yoʻlga qoʻyilgan amaliy tajribalari asosida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring