Abu Dabida kichik Oʻzbekiston ochildi
Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida 18-noyabr kuni boshlangan “Shayx Zoid” festivali doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi koʻmagida “Oʻzbekiston” pavilyonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda davlat ramzi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Qatardagi futbol boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib qilish uchun Samarqanddan yoʻlga chiqqan va ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib turgan delegatsiyamiz ham ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, “Shayx Zoid” madaniy meros anʼanaviy festivali toʻrtinchi marta tashkil etilmoqda, 2022-yil 18-noyabrdan 2023-yil 18-martga qadar davom etadi. Tadbir doirasida “Xush kelibsiz!” nomi ostida dronlar va lazer chiroqlari hamda Amirlik favvoralari shoulari, mushakbozlik, harbiy meros musiqasi, meros musobaqalari va qiziqarli sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavilyonlari, yangi qoʻshilgan Sanʼat shaharchasi, «Selfie street» maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilyonlari tashkil etildi.
“Oʻzbekiston” pavilyoni anʼanaviy ravishda Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Oʻzbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tashkil etilib, Amirliklar tomoni bilan hamkorlikda musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oshpazlar ishtiroki koʻzda tutilib, Oʻzbekistonning turizm salohiyati keng targʻib qilinadi.
Festival davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning BAAdagi diplomatik vakolatxonalarining vatandoshlarga yoʻllangan tabriklari, oʻzbek milliy kuylari, sanʼatkorlar chiqishlari, hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etildi va Davlat bayrogʻimiz hamda Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan videorolik shaharchaning markaziy maydonidagi ekranlarda namoyish etildi. Oʻzbekiston pavilyoni tomonidan Davlat bayrogʻi kuni munosabati bilan tadbir ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbir soʻngida BAAdagi vatandoshlar, sanʼatkorlar guruhi va blogerlar jamoasi bilan birgalikda festival asosiy maydoni boʻylab Oʻzbekiston bayrogʻi ostida parad uyushtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring