Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar
Toshkent shahrida “Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzuidagi anʼanaviy V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti, “Ibn Sino” jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan ushbu anjumanda jahon tibbiyoti va farmatsevtikasiga beqiyos hissa qoʻshgan shifokor, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning insoniyatga qoldirgan boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish, sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni faollashtirish, tibbiyot va farmatsevtika sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ragʻbatlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatini keyinchalik mustahkamlash uchun xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalari keng muhokama etildi.

Anjumanda 300 nafar maxalliy olimlar, ekspertlar, shifokorlar, farmatsevtlar, kimyogarlar, biologlar, tabiblar , jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati va vakillari, Toshkent farmatsevtika instituti, Ibn Sino jamgʻarmasi, Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya, Malayziya, Rossiya va Turkiyadan xorijiy mutaxassislar qatnashdi.
Gibrid formatdagi mazkur tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz va xorijiy olimlarning ilmiy maʼruzalari toʻplandi. Natijada Konferensiyaning ilmiy tezislaridan iborat maxsus toʻplami nashr etildi. Konferensiyada ishtirok etishga respublika ichida ham, xorijda ham katta ilmiy qiziqish bildirildi.
Xalqaro ilmiy tadbir doirasida yalpi va 6 ta seksiya majlislari boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston, Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya, Malayziya, Rossiya va Turkiyadan 100 dan ortiq olim va ekspertlar ilmiy hisobotlarini maʼruza qildilar.
Konferensiya davomida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Ibn Sino” jamoat fondi va Toshkent farmatsevtika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Xalq tabobati akademiyasi va Yevropa tibbiyot assotsiatsiyasi oʻrtasida ilmiy hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Shuningdek, V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida 3 nominatsiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tanlovi — “Abu Ali ibn Sino Milliy mukofoti” taʼsis etildi:
1) Ibn Sino innovatsiyalari;
2) zamonaviy farmatsevtika sohasidagi innovatsiyalar;
3) yosh farmatsevt.
Ushbu mukofot gʻoliblari maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi va joriy yilning 16-avgust kuni Abu Ali ibn Sino tavalludining 1042-yilligini nishonlash doirasida taqdirlanadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, 2017-yilda “Ibn Sino” jamgʻarmasi Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolagan boʻlib, shundan soʻng 2018-yilda Toshkent shahrida farmatsevtika boʻyicha har yili konferensiyalarni tashkil etish anʼanasi boshlangan edi. Bugunga qadar 5 ta xalqaro konferensiya oʻtkazilgan.
Joriy yilda konferensiya ishtirokchilari geografiyasi va formati ancha kengaydi va boyidi, bu esa Ibn Sino jamgʻarmasining Toshkent farmatsevtika instituti bilan Oʻzbekiston Respublikasi milliy ilm-fan rivoji va xalqimiz farovonligi yoʻlida amaliy muvaffaqiyatli ilmiy va xalqaro hamkorligidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring