Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada oson

23:10 27 Avgust 2020 Jamiyat
6324 0

Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yoʻqolgani, telefon raqami ishdan chiqqani yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qoʻygani boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratildi.

Endi «Abituriyent ruxsatnomasi»ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olish uchun quyidagi maʼlumotlar kerak boʻladi:

— pasport seriyasi;

— pasport raqami;

— jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: https://abitur.dtm.uz/allow

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?