Abdumalik Xalokov Parij Olimpiadasida tengsiz!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov (-57 kg) oltin medal uchun Qirgʻiz Respublikasi vakili Munarbek Saidbek oʻgʻliga qarshi ringga koʻtarildi.
Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibini yutdi. Ikkinchi raund ham xuddi hisobda bokschimiz foydasiga hal boʻldi. Shu tariqa butun jang davomida ustunlik qilgan Abdumalik Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Parij Olimpiadasida oʻz ishtirokini 1/8 final bosqichida boshlagan Abdumalik Xalokov bu bosqichda Shvetsiya vakili Nebil Ibragim 5:0 hisobida yengdi. Chorak finalda esa Ispaniya vakili Xose Kilesga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0. Shu tariqa yarim finalga yoʻlga hamyurtimiz bu safar avstraliyalik Charli Seniorga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Abdumalik Xalokov Anvar oʻgʻli 2000-yil 9-aprelda Buxoroda tugʻilgan. Abdumalik 2023-yilda jahon chempioni boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda kumush medalini qoʻlga kiritgandi. Shuningdek, u 2022-yilda Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempioni boʻlgan.
Avvalroq, “Tokio-2020” gʻolibi Akbar Joʻrayev “Parij-2024”da kumush medaliga ega chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring