Abbosbek Fayzullayev «Vilyarreal»ga oʻtadimi?
Foto: AFC
Ispaniyaning mashhur sport nashri «MARCA» oʻzbekistonlik sportchi Abbosbek Fayzullayevning «Vilyarreal»ga koʻchib oʻtishi haqda yozdi.
«Oʻzbekiston matbuoti yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning «Vilyarreal»ga oʻtishi mumkinligi haqida yozmoqda. 20 yoshli futbolchi ayni damda Moskvaning SSKA jamoasi sharafini himoya qiladi», deb yozdi nashr.
Manbaga koʻra, muzokaralar davom etmoqda, transfer tez orada yakunlanishi mumkin. Fayzullayev oʻz oʻyini tufayli Yevropaning bir qancha yirik klublari eʼtiborini tortib keladi. Rossiya klubi Fayzullayevni «Vilyarreal»ga sotishga rozi: klub ham, futbolchi ham kelishuvga erishgan.
Shunga qaramay, «Chempianat.Asia» sayti ushbu transferni rasmiylardan tasdiqlay olmaganini maʼlum qildi.
«Saytimiz dunyoga mashhur insayder Janluka Di Marsio bilan bogʻlandi va bu borada qanday maʼlumot borligi haqida qiziqdi. Insayder ham bu xabarni tasdiqlay olmadi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, U-20 jamoasi aʼzosi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning «Leganes» klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring