600 mingta koʻchat sugʻorish tizimi boʻlmagan joylarga ekilgani aytildi
Bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 600 mingdan ortiq koʻchat sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilgan. Ayrim vazirlik, idora va tarmoqlarda esa bu tadbirlarga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Bu haqda Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, ekilgan koʻchatlarni parvarish qilish, sugʻorish, payhon qilinishini oldini olish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagan.
Shu bilan birga, 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmonga muvofiq hududlarda ekilgan daraxtlarning kasallik va zararkunandalarga qarshi mexanik, biologik, kimyoviy kurash tadbirlarini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablagʻlari hamda vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa-da, ushbu masala ham hal etilmasdan qolmoqda.
Hokimliklar, vazirliklar, idora va tashkilotlar tomonidan avvalgi mavsumlarda ekilgan, tabiiy va boshqa omillar hisobiga qurib qolgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, koʻkarmasdan qurib qolganlari oʻrniga yangi koʻchatlarni ekib oʻrnini toʻldirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan.
Senat majlisida, shuningdek, joriy yilda jami 200 mln, shundan bahor mavsumida 125 mln tup koʻchat ekilishi belgilangan boʻlib, bahor mavsumida 138,1 mln tup (110,5 foiz) daraxt koʻchatlari ekilganini maʼlum qilindi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga qator taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, ekilgan koʻchatlar haqidagi maʼlumotlarni “Yashilmakon.eco” elektron platformasiga oʻz muddatida va haqqoniy joylashtirish, kuzgi mavsumda har bir hududning iqlimi, tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda daraxt turi va ekish joylarni belgilash lozimligi taʼkidlandi.
Yirik sanoat korxonalari atrofi va unga tutash hududlarda hamda chiqindi poligonlari atroflarida “yashil belbogʻ”larni barpo etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring