50 yil muqaddam asfaltlangan yoʻllar ravon boʻldi

15:40 23 Avgust 2024 Jamiyat
202 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. 2021-yilda sinov tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” bugungi kunda kelib hududlar infratuzilmasini yaxshilashdagi asosiy, yirik loyihaga aylandi. Shu bilan birga, u hamyurtlarimizni bir maqsad yoʻlida yanada jipslashtirdi. Natijada yuzlab mahallalar obod manzillarga aylantirilib, aholi turmush sharoiti yaxshilandi. Marhamat tumanidagi “Paxtakor” mahallasi shular jumlasidan.

— Bu mahalla oxirgi marta bundan 50 yil muqaddam asfalt qilingan, — deydi mahalla fuqarosi Murodjon Sheraliyev. — Yoʻl abgor holatga kelib qolgan edi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik ishlari natijasida mahallamizning 3,4 km.dan iborat ichki yoʻli asfaltlandi.

Bu yil Andijon viloyatida ushbu loyiha doirasida 63 ta obyekt gʻolib topildi. Shundan 4 tasi Marhamat tumanida joylashgan. Tumandagi 20 ming nafardan ziyod aholi uchun qulay sharoit yaralmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер