5 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“Oʻzgidromet” 1-yanvardan 8-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 5-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 8-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-8-yanvarda 8-13° iliqqacha koʻtariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 5-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 5-10° iliqqacha oʻzgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 2-7° iliqqacha oʻzgarib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring