5 yil qidiruvda boʻlgan erkak Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi
Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 5 yildan buyon qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik shaxs Turkiyada qoʻlga olindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan Otabek Mashrabovich Abdullayev firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019-yilda qidiruvga berilgan. U Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan.
Ushbu shaxs bugun, 12-sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
“Uning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish soʻraladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, konsulxona xabarida jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanishi taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring