48 soat ichida qoida buzilishiga oid jarima maʼlumoti kelmasa nima boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bir qator oʻzgarishlar joriy qilinishi mumkin. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan holat muayyan qisqa muddat davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda, huquqiy oqibatini keltirib chiqarmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilgan.
Qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishiga oid maʼlumotlar jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxsga (yaʼni huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmagan boʻlsa ishni koʻrib chiqish tugatilishi haqidagi norma bilan toʻldirilmoqda.
Shuningdek, tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan maʼmuriy ishlarni ortiqcha qogʻozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.
“Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini, yoʻl-transport hodisalarining oldi olinishi hamda yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Oʻzbekiston Yevrosiyo patent tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring