41 milliondan ortiq amerikaliklar saylovda ovoz berib boʻldi
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Nyu-Yorkdagi tadbirda Amerikani yana buyuk qilish shiorini eslatib, Kamala Harrisni qoraladi va migratsiyaga qarshi kurashishga yana vaʼda berdi.
Tramp yakshanba kuni “Madison Square Garden”dagi nutqi chogʻida muhojirlarga bir necha bor urgʻu berdi va agar saylansa, AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini oʻtkazish haqidagi saylovoldi maqsadiga toʻxtalgan. “5-noyabr mamlakatimiz tarixidagi eng muhim sana boʻladi va biz birgalikda Amerikani yana qudratli qilamiz”, — dedi sobiq prezident.
Tadbir davomida Trampga koʻplab respublikachilar va boshqa ittifoqchilar qoʻshilgan. Yigʻilganlar Harrisni “iblis” deb atagan. Shuningdek, Tramp raqibini “radikal chap marksist” deb taʼriflagan va vitse-prezidentga ishora qilib, mamlakatni vayron qilganlikda aybladi.
Saylov uchun muhim boʻlgan hududlar Jorjiya, Shimoliy Karolina va Pensilvaniya shtatlariga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Ushbu shtatlar saylovning yakuniy natijasini hal qiluvchi hududlardir. Shuning uchun bu yerda nomzodlar saylov kampaniyasining soʻnggi toʻqqiz kunida oʻz kuchlarini toʻplaydi.
Florida universitetidagi saylov laboratoriyasi maʼlumotlariga koʻra, 41 milliondan ortiq amerikaliklar yakshanba kuni tushga qadar ovoz berishda allaqachon ovoz berishgan.
Harris yakshanba kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida boʻlib, mahalliy jamoat markazida yosh basketbolchilar bilan koʻrishishdan oldin cherkov, sartaroshxona va Puerto-Riko restoranida boʻldi. Yakshanba oqshomida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Demokrat vitse-prezident oʻzining respublikachi raqibini Amerika siyosatidagi boʻluvchi kuch sifatida koʻrsatishga harakat qildi.
Harris tarafdorlarini hamjihat boʻlishga, potensial saylovchilarga xabar berish va qoʻngʻiroq qilishga hamda oila aʼzolar, doʻstlar, sinfdoshlar, qoʻshnilarga saylovning kuchi haqida gapirishga undadi.
Saylov kuni oldidan demokrat dushanba kuni oʻzining vitse-prezidenti nomzodi Tim Vals bilan birga uchrashuv oʻtkazish uchun Michiganga boradi. Oʻz navbatida Tramp 2020-yilda Demokrat prezident Jo Baydenga magʻlub boʻlgan shtatda oʻz tarafdorlarini yigʻishga urinish uchun Jorjiya shtatining Atlanta shahrida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring