400 nafardan ortiq yosh polvonlar mamlakat chempionligi uchun kuch sinashmoqda
Joriy yilning 4-aprel kuni Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanining Chimyon shaharchasidagi 2- sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Bel olish va uch kurash boʻyicha 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik taqvim-rejasidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida ishtirok etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishmoqda.

4-aprel kuni shuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda soʻz olgan Fargʻona tumani hokimi oʻrinbosari Ilhom Toshpoʻlatov, Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Nosir Azizovlar barcha sportchilarga tiladi. Tadbir doirasida Fargʻona tuman hokimligiga Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirilgan boʻlsa, Bel olish va uch kurash boʻyicha Fargʻona viloyat hududiy assotsiatsiyasi tomonidan ham 2-3-aprel kunlari oʻquv-seminarda ishtirok etgan hakamlar va murabbiylar uchun esdalik sovgʻalari ulashildi.
Reglamentga muvofiq, Bel olish va uch kurashning yaktakli yoʻnalishi boʻyicha bellashuvlar 6-aprelga qadar davom etadi. 7-apreldan esa uch kurash boʻyicha musobaqaga start beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring