3 mingga yaqin oʻzbekistonlik Buyuk Britaniyada ish bilan taʼminlanadi
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xoʻjaligi sohasiga oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida “Pro-Force Limited” va “HOPS Labour Solutions Ltd” rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Tomonlar yangi mavsumda Britaniya qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlarga oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilishni muhokama qildi va joriy yilning fevral oyida “Pro-Force Limited” agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
Kompaniya bilan 3 mingga yaqin saralangan nomzodlar bosqichma-bosqich Buyuk Britaniyada ish bilan taʼminlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish 10-yanvar kuni agentlikning “xorijdaish.uz” portali orqali amalga oshirilib, jarayon soat 15:00 dan 19:00 gacha davom etadi.
Buning uchun xorijga chiqish pasporti, faol elektron pochta (unda ism-familiya “zagran” pasport bilan bir xil boʻlishi kerak), pasportdagi kabi oʻlchamda fotosurat kerak boʻladi. Onlayn roʻyxatdan oʻtish tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Saralanganlar bilan onlayn suhbat 14−15-yanvar kunlari tashkil etiladi.
Test maʼlumotlari faqat roʻyxatdan oʻtgan va ish beruvchi tomonidan tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Tanlangan nomzodlar bilan oflayn suhbat oʻtkaziladi hamda qoʻshimcha koʻrsatmalar beriladi.
Qabul qilinganlarga soatiga 11,44 yevro (12 dollar) miqdorida ish haqi beriladi. Ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ishlashni kafolatlaydi. Viza (298 funt sterling — 373 dollar) va aviachipta xarajatlari nomzodlarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring