270,3 million yoʻlovchi… Toshkent metropolitenidan foydalanish 57 foizga oshdi
2024-yilda Toshkent metropolitenida jami 270,3 million nafar yoʻlovchi tashildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. Ushbu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 98,3 million nafar yoki 57,2 foizga oshgani qayd etilgan.
Metropolitenda yoʻlovchilar oqimi oxirgi yillarda izchil oʻsish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Agar 2020-yilda faqat 38,8 million nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 101,8 millionga yetdi. 2022-yilda esa 136,7 million yoʻlovchi xizmatdan foydalangan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 172 million nafarga yetgan.
2024-yilda erishilgan 270,3 million yoʻlovchi koʻrsatkichi metropoliten infratuzilmasiga boʻlgan talabning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ushbu oʻsish shahar aholisi oʻrtasida jamoat transportidan foydalanish oshib borayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, bu metrodagi yuklamaning koʻpayganini, tiqilinchlar oshib borayotganini ham anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring