27-yanvar kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 27-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, baʼzi joylarda 6-11 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring