25-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

17:55 24 Dekabr 2025 Jamiyat
323 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

“Oʻzgidromet” 25-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq 4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер