25–26-iyun kunlari Yer boʻylab kuchli magnit boʻronlari kuzatilishi mumkin

Illyustrativ foto
25–26-iyun kunlari Yerda geomagnit faollikning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Quyosh astronomiyasi laboratoriyalari maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, kuchli magnit boʻronlarining asosiy sababi quyoshdagi katta koronal teshik boʻlib, undan chiqayotgan yuqori tezlikdagi quyosh shamollari Yerga yoʻnalgan. Shamollarning tezligi 600 km/soatgacha yetishi mumkin.
Prognoz qilingan quyosh shamollari tezligi odatdagi meʼyordan 50 foiz yuqoridir. Shuningdek, olimlar may oyidagi baholarda xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani va u paytda tezlik 900–1000 km/soatgacha yetganini eslatib oʻtdi.
25-iyun kuni yuz beradigan geomagnit boʻronining G2 darajasida, yaʼni oʻrtacha boʻlishi kutilmoqda. Kuchli darajaga chiqish ehtimoli 15 foiz, jiddiy darajaga yetmasligi ehtimoli esa 20 foiz deb baholangan.
Taʼkidlash joiz, boʻronlar sunʼiy yoʻldoshlar, aloqa tizimlari, elektr tarmoqlari faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi hamda qutb nurlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq 23-iyun tongida Rossiya Federatsiyasi qoʻshinlari Ukrainaning Kiyev shahriga raketa va dronlar bilan zarba bergani haqida xabar qilgandik. Hujumlar natijasida olti nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring