23-fevral uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

17:22 22 Fevral 2026 Jamiyat
753 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 23-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzaxSamarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

AndijonNamangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 4 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер